14-fevral kuni Janubiy Koreyaning Tejon shahridagi o‘q-dorilar zavodida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bu yil davomida mazkur zavodda sodir bo‘layotgan ikkinchi holat.
O‘tgan yilning may oyida ham portlash sodir bo‘lgan. Unda ikki kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi yaralanib kasalxonaga yotqizilgan.
O‘t o‘chiruvchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, zavodda raketa dvigateli yoqilg‘isi portlagan.
Hodisaning aniq sabablari tekshirilmoqda.
Izoh (0)