Efiopiyaning musulmon yetakchilari Amxara shtatidagi masjidlarga yushtirilgan hujumlarni qoraladi, deb yozadi “Azon.uz”.
Addis Standard nashrining xabar berishicha, avvaliga Esete Mekani shahridagi ikkita masjid, keyin esa Andebet Voredadagi bitta masjidga o‘t qo‘yilgan.
Mahalliy matbuot bu hodisalarga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yolg‘on xabar sabab bo‘lganini yozdi: go‘yoki musulmonlar o‘tkazgan bir to‘yda Hazrat Maryamning tasviriga hurmatsizlik qilingan.
“Bu fojiali hodisa va og‘ir jinoyatdir. Aybdorlar qonun oldida javob beradi”, – dedi Efiopiya Islom ishlari bo‘yicha oliy kengash prezidenti Muhammad Amin.
Ayni paytda Esete Mekanidagi masjidlarni qayta tiklash uchun mablag‘ yig‘ilmoqda.
Izoh (0)