Erondagi portlash qurbonlari soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda FARS axborot agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oldinroq harbiylarni olib ketayotgan avtobusga uyushtirilgan hujumda 20 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Qurbonlar orasida harbiy xizmatchilar va tinch aholi vakillari borligi bildirilmoqda.
Eron janubi-sharqidagi portlash 13-fevral kuni kechki payt sodir bo‘ldi. Hujum Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi qaratilgandi.
Izoh (0)