“Nima? Qayerda? Qachon?” xalqaro klubi raisi va klub bilimdoni Aleksandr Druz “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” dasturining bosh muharriri Ilya Ber unga savol bilan bog‘liq kelishuv taklif qilganini aytdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Druzni firibgarlik va pora berishda ayblagani haqida xabar bergandik. Unda Druz 2018-yilning dekabr oyida “Perviy kanal” orqali efirga uzatilgan dasturni yozishdan oldin bo‘lg‘usi o‘yindagi savol va javoblar ro‘yxatini oldindan aytishni iltimos qilgani va buning uchun oladigan yutuqdan 3 million rublni berishini taklif qilganlikda ayblangan.
“Berning yozuvlarida ovoz meniki va buni yashirmayman, faqat bo‘lgan voqeani Ilya Ber mutlaqo teskari qilib aytib bergan. Aynan u menga javoblar evaziga pul berishimni taklif qilgan”,— deydi Druz.
Aleksandr Druzning so‘zlariga ko‘ra, u mazkur holatni “Nima? Qayerda? Qachon?”ning boshqa bir o‘yinchisi Viktor Sidnevga aytgan va ular nima sodir bo‘lishini kutishga qaror qilgan. Ilya Ber savollar va javoblarni aytib turganda, janob Druz va Sidnev, agar dasturda mazkur savollar yangrasa ular 15-savolgacha o‘ynab, g‘alaba qozonmasliklarini, keyin esa “Millioner” rahbariyatiga bu haqda xabar berishini rejalashtirgan.
“Biroq, hamma narsa o‘ylaganimizday bo‘lmadi, so‘nggi beshta savol bir-biriga to‘g‘ri kelmadi. Biz ularni shunchaki o‘ynadik va g‘alaba qozondik. Ammo biz so‘nggi savolga to‘g‘ri javob bermadik, sababi to‘g‘ri javob oldindan aytilganini angladik. Men ushbu voqea yuz berganidan afsusdaman”, — deydi Aleksandr Druz.
Izoh (0)