Jurnalist Dmitriy Gnap va “Aqlli kuch” partiyasi yetakchisi Aleksandr Solovyev Ukraina prezidenti saylovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan oxirgi nomzodlar bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu tariqa mamlakat saylov komissiyasi jami 44 nafar prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ular orasida amaldagi prezident Pyotr Poroshenko, “Batkivshina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko, Ukraina xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Valentin Nalivaychenko, so‘z ustasi Vladimir Zelinskiy bor.
Nomzodlar 7-martga qadar prezidentlik lavozimi uchun kurashishdan bosh tortishi haqida mamlakat saylov komissiyasiga ariza berishi mumkin. Saylovlar 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)