O‘tgan yili Ukrainada qizamiq bilan kasallanganlar soni butun Yevropaniki bilan taqqoslaganda ko‘proqligi aniqlangan, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada qizamiqdan kasallanganlar soni 2018-yilda 82 ming kishidan oshgan, bu esa o‘n yillikdagi eng katta ko‘rsatkich sanaladi. Kasallar ulushi Ukrainada ushbu raqamning yarmidan ko‘p — 53 mingdan ortiq.
Kasallik oqibatida vafot etganlar soni Yevropada 72 kishini tashkil qiladi, shundan 16 nafari Ukrainada.
Mutaxassislarning fikricha, kasallikni bu qadar avj olishiga past darajadagi vaksinatsiya sabab bo‘lgan.
Izoh (0)