AQSh prezidenti Donald Trampning sog‘ligi juda yaxshi holatda. Bu haqda Oq uydagi tibbiy tekshiruvdan so‘ng uning shaxsiy shifokori Shon Konli ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent. net”.
“U prezidentlik davrida va undan keyin ham sog‘-salomat bo‘ladi, degan umiddaman”, — dedi Konli.
Rejali tibbiy tekshiruv 4 soat davom etdi. Bu Trampning prezident sifatida ikkinchi bor to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tishi.
Izoh (0)