Moskvaning Domodedovo aeroportida SSJ-100 yo‘lovchi samolyotining qanoti yoritgich machtasiga urilib ketdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot 6-fevral kuni yaxlab qolgan yo‘lakchada sirpanib ketgan.
Boshqa manbalarda esa yig‘ilib qolgan qor uyumi sabab samolyotning tormozi yaxshi ishlamay qolgani aytilgan.
Samolyotda bo‘lgan 60 nafar yo‘lovchi va ekipajning besh nafar a’zosi hodisa oqibatida jabrlanmagan.
Izoh (0)