AQSh prezidentining familiyadoshi 11 yoshli Joshua Tramp prezidentning kongress oldi o‘tkazgan tantanali nutqi paytida uxlab qoldi va mashhur bo‘lib uyg‘ondi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Uxlab qolgan bola suratlari internet tarmog‘ida tarqalib ketgan.
Kameralar bolani prezident aynan AQSh va Meksika o‘rtasida devor o‘rnatilishi kerakligini isbotlashga urinayotgan vaqtda tasvirga olgan.
Eslatib o‘tamiz, Delaver shtatidan bo‘lgan Joshua prezident tadbiriga o‘z familiyasi tufayli sinfdoshlari tomonidan ta’qibga uchraganligi sababli taklif etilgan.
Tramp administratsiyasi bu voqeadan xabar topgan va Joshuani Oq uyga taklif qilgan.
Izoh (0)