Moskvada bo‘lib o‘tgan “Ishbilarmon Rossiya” forumida prezident Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan kapitallar amnistiyasi tadbirkorlar tomonidan olqishlarga sazovor bo‘lmagan, deya xabar beradi “Tengrinews”.
Putinning biznesmenlar oldidagi chiqishi deyarli olqishlarsiz o‘tdi, biroq prezident kapitallarning amnistiyasi haqida e’lon qilganidan so‘ng biroz tin olib, ehtimol olqishlarni kutgandi.
Putinning biznes uchun soliq chegirmalari haqidagi so‘zi ham olqishlarga sazovor bo‘lmadi.
Zal tadbirkorlarning o‘zi chiqish qila boshlaganidagina jonlangan.
Putindan nafaqat retseptsiz balki retseptli dori vositalarini ham elektron savdosini qonuniylashtirish so‘ralganida zal jonlangan.
Izoh (0)