Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yilning 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Pokiston Islom Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Irfan Yusuf Shami bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

2019-yilda munosabatlarni rivojlantirishning amaliy jihatlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish jadvali diqqat markazida bo‘ldi.

2017—2018-yillarda bir necha bor o‘tkazilgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Pokiston uchrashuvlari chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga yangi turtki berilganligi va uni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turistik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mustahkamlashning aniq yo‘nalishlari belgilab olinganligi ta’kidlandi.

O‘tgan yilda o‘zaro savdo aylanmasi 2017-yilgiga nisbatan ikki yarim barobarga oshib, 92,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga O‘zbekiston va Pokiston yetkazib beriladigan tovarlar va xizmatlar hajmi va nomenklaturasi borasidagi ushbu ko‘rsatgichni yanada yaxshilash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Tomonlar ko‘rib chiqayotgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur hujjatlar turli jabhalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish uchun huquqiy asoslarni kengaytiradi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Pokiston kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident viloyat hokimlari va elchilarga eksportni 2,5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi
Mahalliy
O‘zbekistonning to‘rt hududida gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanganlar yarim mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi