• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikka oid “yo‘l xarita”lari ijrosi ko‘rib chiqildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni Germaniya, Fransiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qabul qilingan “yo‘l xarita”larini so‘zsiz ijro etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Investitsiya – iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Shu bois bu masala davlat rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 2019-yil mamlakatda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilindi. Bu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi.

    Yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etib, ular asosida biznesni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, lekin bular hali yetarli emasligi ta’kidlandi.

    – Investitsiya bilan shug‘ullanuvchi kadrlar yetishmaydi. Investorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish zarur. Shu bois bu soha bo‘yicha hali yana ko‘p ishlashimiz, izlanishimiz kerak. Tashqaridan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Keyingi yillarda O‘zbekistonning yetakchi xorijiy davlatlar bilan aloqalari jadal rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Siyosiy muloqotlar va delegatsiyalar almashuvi faollashyapti.

    Davlat rahbarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari davomida o‘zaro hamkorlik va sheriklik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani, O‘zbekiston bilan Germaniya, Fransiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida umumiy qiymati 14 milliard dollardan ortiq bo‘lgan manfaatli shartnoma va kelishuvlar imzolangani qayd etildi.

    Jumladan, Fransiya va Germaniya kabi nafaqat Yevropa Ittifoqi, balki jahonning yetakchi davlatlari O‘zbekistonning ishonchli va istiqbolli sheriklaridan bo‘lib, tashriflar o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

    Ushbu mamlakatlardan avvalo, zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar, ilg‘or tajriba va boshqaruv menejmentini O‘zbekistonga jalb etish eng ustuvor vazifadir.

    Investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha bitim va kelishuvlarning bajarish muddati, mas’ul idoralar va shaxslar “yo‘l xarita”larida aniq ko‘rsatilgan.

    Davlat rahbari xalq farovonligiga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish zarurligini ta’kidladi.

    Shu maqsadda Germaniya bilan tuzilgan Investitsiya va texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mitaning ishchi guruhi “Yo‘l xaritasi”dagi loyihalar monitoringi va so‘zsiz amalga oshirilishiga javob beradi. Shunday tizimli ishni boshqa davlatlar bilan ham tatbiq qilish kerakligi qayd etildi.

    Prezident o‘tgan yili oktabr oyida Nyu-Dehlida va shu yil yanvar oyida Gujaratda Hindiston Bosh vaziri Modi bilan uchrashib, ushbu tashriflar natijasida salkam 3,5 milliard dollarga teng investitsiyaviy loyihalar va savdo bitimlarini amalga oshirishga kelishib olingan edi. Ushbu bitimlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, agroklasterlar, ta’lim kabi sohalarga tegishlidir.

    Andijonda farmatsevtika sohasi bo‘yicha birinchi qo‘shma erkin iqtisodiy zonasi va Sharda universiteti, Toshkentda texnopark va Amiti universitetining ochilishi, zamonaviy tibbiyot klinikalari qurilishi va shu kabi qator loyihalar to‘liq ijro etilishi zarurligi qayd etildi.

    Arab-musulmon dunyosida katta nufuzga va ulkan salohiyatga ega Birlashgan Arab Amirliklari bilan ham ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni davlatlar imkoniyatlariga mos darajaga ko‘tarish yo‘lida izchil qadamlar tashlanmoqda. Keyingi paytlarda ushbu mamlakat bilan delegatsiyalar almashuvi faollashib, loyihalar bo‘yicha jadal tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

    Yig‘ilishda BAAning moliyalashtirish imkoniyatlari va investitsiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish xususida ham so‘z yuritildi.

    “Yo‘l xarita”laridagi har bir loyiha sifatli va o‘z muddatida bajarilishiga erishish, muammoli loyihalar bo‘yicha yangi hamkorlarni izlab topishga asosiy e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

    Yig‘ilishda xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga qaratilgan bu kabi qat’iy sa’y-harakatlar mamlakatning barqaror taraqqiyotiga va xalq farovonligiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

    Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.

    04.02.2019, 19:51   Izoh (0)   13581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan yilda narxi eng ko‘p oshgan mahsulot non bo‘ldi

    04.02.2019, 19:12

    Namangandagi uyda yuz bergan yong‘indan keyin 2 yoshli bolaning kuygan jasadi topildi

    04.02.2019, 18:46

    Muborak tumanining Xitoy qishlog‘idagi saylda bir tonna osh damlandi

    04.02.2019, 18:39

    IIBB sportchi Murod Xonto‘rayevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar to‘g‘risida ma’lumot berdi

    04.02.2019, 18:33

    5-fevral kuni O‘zbekistonda kuchli shamol va qor kutilmoqda

    04.02.2019, 18:20

    Rog‘un qurilishida 2018-yilda 6 kishi halok bo‘ldi

    04.02.2019, 18:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.