Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani qirlarida “Rizq-ro‘z” sayli o‘tkazildi. Unda o‘tgan yil sarhisob qilinib, 2019-yilda amalga oshirilajak qishloq xo‘jaligi loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Doshqozonlarda bir tonna osh damlanib, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga tarqatildi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan chorvachilik, dehqonchilik, bog‘dorchilik, milliy hunarmandchilik mahsulotlari, shuningdek, rassomchilik san’ati namunalari, kitoblar ko‘rgazmalari namoyish qilindi. Ko‘pkari, kurash, arqon tortish, chillik, yugurish, qo‘chqor urishtirish singari milliy o‘yinlar o‘ynaldi.
“Xitoy qishlog‘i kengliklari qirlar bilan qurshalgan go‘zal va bahavo go‘sha, — deydi xalq sayli ishtirokchilaridan biri Bahodir Musayev. — Kishiga o‘zgacha orom va xush kayfiyat bag‘ishlaydi. O‘tmishda bu go‘shada tumanning katta-katta sayil va tadbirlari o‘tkazilgan, chapdast chavandozlar ko‘pkari chopib, turli sport o‘yinlari uyushtirilgan. Ana shu an’ana bugan qayta tiklandi”.
Izoh (0)