Toshkent shahar IIBB Xonto‘rayevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar haqida ma’lumot berdi, deb yozadi UZ24.
Xabarda aytilishicha, ushbu holat yuzasidan JKning 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Keyinroq vaziyatni hisobga olib, jinoiy ish moddalari qayta tavsiflanib, 164-moddaning 4-qismi “v” bandiga (bosqinchilik) o‘zgartirilgan. Gumonlanuvchilar 2018-yilning noyabr-dekabr oylari davomida hibsga olingan.
Mazkur jinoyatga boshqalarning aloqasi borligi yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 26-noyabr kuni o‘zbekistonlik aralash qoidali janglar ustasi Murod Xonto‘rayev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketilgandi.
Izoh (0)