• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Bog‘cha tarbiyachisining mas’uliyatsizligi sabab 6 yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi

    “Daryo” tahririyatiga Urgut tumani Xo‘jayduq mahallasida yashovchi fuqaro Orzi Ro‘ziqulov murojaat qildi. U 2018-yilning 18-sentabr kuni soat taxminan 16:30 atrofida qishloqdagi 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining “Maktabgacha ta’lim” guruhi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 2012-yilda tug‘ilgan nabirasi Rayhona Orziyeva bog‘chaning bolalar o‘yingohi maydonchasidagi temir arg‘imchoqda o‘ynayotgan vaqtda yiqilib tushib, tan-jarohati olib halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Arizada qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari Orziyevani arg‘imchoqdan yiqilib vafot etish holatini baxtsiz hodisa sifatida qayd etib, ishni yopib yuborishgan.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev mazkur holat yuzasidan marhuma Rayhona Orziyevaning yaqinlari va Urgut tuman 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatda bo‘lib, voqea tafsilotlari yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Rayhona Orziyeva.

    Rayhona Orziyeva.
    Foto: “Daryo”

    – Men nabiramni 2018-yilning 13 yoki 14-sentabr kuni bog‘chaga olib bordim. O‘sha kuni bog‘cha mudirasi Manzura Tursunova ishda yo‘q ekan. Tarbiyachi Viloyat Qurbonovaga nabiramni bog‘chaga qo‘yish uchun olib kelganimni aytib, qanday hujjatlar kerak bo‘lsa to‘g‘irlab kelishimni bildirdim. Ammo Viloyat Qurbonova hujjatlarni o‘zimiz tayyorlaymiz, buning uchun 18 000 so‘m to‘laysiz deb aytdi, – deydi Orzi Ro‘ziqulov. – Qurbonovaga 15 000 so‘m pul va nabiramning guvohnomasini topshirib keldim.

    Foto: “Daryo”

    Orzi Ro‘ziqulovning aytishicha, mudira Manzura Tursunova o‘rniga vaqtinchalik xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudira yordamchisi Saodat Shomurodova bog‘chaga rahbarlik qilib kelgan. Voqea qizcha bog‘chaga kelishni boshlaganiga bir hafta ham o‘tmay sodir bo‘lgan. Temir arg‘imchoqda o‘ynayotgan vaqtda yiqilib tan-jarohati olgan Rayhona Orziyeva yiqilganidan so‘ng chamasi yarim soatlar qarovsiz qolib ketgan. Bog‘cha xodimlari qizchani yiqilib yotganini ko‘rganidan so‘ng ustiga chelak bilan suv sepib, og‘ziga qoshiq, so‘ng piyoz tiqishgan ekan.

    Orzi Ro‘ziqulov nabirasi arg‘imchoqdan yiqilib tushgan joyni ko‘rsatmoqda.

    Orzi Ro‘ziqulov nabirasi arg‘imchoqdan yiqilib tushgan joyni ko‘rsatmoqda.
    Foto: “Daryo”

    – O‘sha kuni muassasaning hamshirasi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qandaydir hujjatlarni olib ketgan ekan. Voqeani qudam ko‘rib qolgan va keliboq nabiramni avvaliga qishloqdagi tez yordam bo‘limiga, so‘ng tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan. Biz voqeadan kech soat 20:00 atrofida xabar topdik, – deydi Orzi Ro‘ziqulov. – Biz shifoxonaga borsak nabiram jonlantirish bo‘limida yotibdi. U yerga bizni kirgani qo‘yishmaydi. Mudira ham, tarbiyachi ham o‘sha yerda edi. Bir nechta tajribali shifokorlar kelib ko‘rishdi. Ammo nabiram ertasi kuni, aniqrog‘i 19-sentabr kuni hayotdan ko‘z yumdi.

    Bog‘chadagi arg‘imchoqlar muassasa hududining chekka qismiga olib borib qo‘yilgan.

    Bog‘chadagi arg‘imchoqlar muassasa hududining chekka qismiga olib borib qo‘yilgan.
    Foto: “Daryo”

    Bolaning o‘limi haqidagi ma’lumotnomada o‘lim sababi sifatida bosh miyaning qisilishi, bosh miya pardalari ostiga miya to‘qimasiga qon quyilishi ko‘rsatilgan.

    Rayhona Orziyevaning arg‘imchoqdan yiqilib tan jarohati olib o‘lganligi yuzasidan Orzi Ro‘ziqulov tumandagi huquq-tartibot idoralariga bir necha bor murojaat qilgan. Biroq ularning barchasi Rayhona Orziyevaning o‘limini baxtsiz hodisa ekanligini bayon qilgan. Vaholanki, bolani bog‘chaga kelib, to uyiga ketgunga qadar qarashi, bu vaqtda olingan har qanday jarohat yoki boshqa holat uchun tarbiyachi mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilgan.

    Orzi Ro‘ziqulovning aytishicha, nabirasining o‘limi yuzasidan tuman prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Tergov xodimlari hammadan tushuntirish xati yozib olgan bo‘lsa-da, hech qanday ish olib bormagan. Hatto viloyat hokimiga telegram orqali ham murojaat qilishgan. Biroq ularning hammasi bir xil tarzda Rayhona Orziyeva baxtsiz hodisa sabab vafot etganligini ma’lum qilgan. Xususan, Urgut tuman IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limining 2018-yil 23-oktabr kungi №54|9 8995-sonli hamda 2019-yil 8-yanvar kungi №54|9 99-sonli xatlarida, tergovga qadar olib borilgan tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, holatda biror bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksning 83-moddasi 2-qismiga (shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad qilinganligi ma’lum qilingan.

    Urgut tuman prokuraturasi ham Orzi Ro‘ziqulovga xuddi shu mazmun qayd etilgan javob xati yo‘llash orqali uning murojaatini ikki marotaba osongina yopib yuborgan.

    – Nega huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bog‘cha mudirasi va tarbiyachining o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi, bolani nazoratsiz va qarovsiz qoldirganligiga e’tibor qaratishmayapti. Axir ularning e’tiborsizligi sabab bir begunoh bola hayotdan ko‘z yumayapti-ku, – deydi Orzi Ro‘ziqulov. – Tuman IIOFMB olib borgan tergovdan norozi bo‘lib viloyat IIBga murojaat qildim. U yerda arizam o‘rganib chiqilishi, o‘z ishiga mas’uliyatsiz bo‘lgan xodimlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilishini bildirishdi.

    Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Shirin Normatova Rayhona Orziyevaning o‘limi yuzasidan maktabgacha ta’lim muassasasi direktori hamda tarbiyachini javobgarlikka tortish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

    29-MTM.

    29-MTM.
    Foto: “Daryo”

    Voqea sodir bo‘lgan bog‘chada holatni o‘rganish yuzasidan tashrif buyurganimizda, muassasa anchagina ta’mirtalab bo‘lib qolganligi, bolalar sovuq xonalarda o‘tirganligiga guvoh bo‘ldik.

    29-MTMga olib boruvchi yo‘l.

    29-MTMga olib boruvchi yo‘l.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Meni ish boshlaganimga endigina bir oy bo‘ldi. Shu sababli ham holat bo‘yicha hech narsa deya olmayman, – deydi 29-sonli MTMning vaqtinchalik mudirasi etib tayinlangan Vazira Omonova. – O‘sha vaqtda ishlagan mudira Manzura Tursunova, tarbiyachi Viloyat Qurbonova, yordamchi tarbiyachi X.Ashurovalar o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    29-sonli MTMda oshpaz bo‘lib ishlaydigan Xurshida Muhiddinovaning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda tarbiyachi Viloyat Qurbonova guruhdagi boshqa bolalarni ovqat berish uchun safga tortayotgan bo‘lgan.

    – Men idish-tovoqlarni yuvish maqsadida suvga borayotgan edim. Bolalar maydonchasidagi arg‘imchoq oldida Rayhona Orziyevani yiqilib yotganini ko‘rdim. Rayhona qachon yiqilganligini bilmayman. Yugurib borib unga birinchi yordam ko‘rsatishga harakat qildim va qolganlarni chaqirdim. Har doim uning holatini eslasam, ko‘zimga yosh keladi, – deydi Xurshida Muhiddinova.

    Orzi Ro‘ziqulovning viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga yo‘llagan arizasiga tashkilot voqea sodir bo‘lgan kuni ishlagan mudira va tarbiyachilar ishdan bo‘shatilganligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etgan xolos.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Tarbiyachining mas’uliyatsizligi sababli sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng farzandimning turmushi buzildi. Kelinim uyiga ketib qoldi. Qizining dog‘ida siqilgan o‘g‘lim esa uyga kelmay qo‘ydi, – deydi Orzi Ro‘ziqulov. – “Daryo” tahririyatiga murojaat qilishimning boisi, kimnidir qamatish yoki kimdandir o‘ch olish emas. Balki qolgan bog‘chalarda ishlayotgan tarbiyachilar va mudiralar o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaramasdan bolalarga e’tiborli bo‘lishini aytmoqchiman. Ularning e’tiborsizligi sabab biror bir begunoh bola hayotdan bevaqt ko‘z yummasin. Ularning o‘z vazifasiga sovuqqonligi sababli boshqa ota-onalar farzand dog‘ida kuymasin.

    O‘ylaymizki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar Rayhona Orziyevaning o‘limi bilan bog‘liq holatni tegishli tartibda o‘rganib, tergov-surishtiruv ishlarini olib boradi.

    Masalaning yana bir jihatiga e’tibor qaratish lozim. 1977-yilda qurilgan bolalar bog‘chasi bugun achinarli holga kelib qolgan. Bog‘chaga boruvchi yo‘l abgor holatda. Bolalar sovuq xonalarda yotishadi. Bino ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Nahotki Urgut tuman hokimligi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi bog‘chaning bunday achinarli holatiga panja orasidan qarab kelayotgan bo‘lsa. Qachongacha tuman va shahar markazidagi bog‘chalarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratib, olis chekka qishloqdagi bog‘chalarni e’tibordan chetda qoldirib kelishadi.

    04.02.2019, 16:30   Izoh (0)   51952
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda chegara punktlarida navbatda turgan avtomobillar sonini onlayn tekshirish mumkin

    04.02.2019, 16:20

    Qo‘qonda shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan sobiq ichki ishlar xodimi 20 yilga qamaldi

    04.02.2019, 15:58

    Tarixchilar yaqin tarixdagi eng boy odam nomini aniqladi

    04.02.2019, 15:58

    O‘zbekistonda yanvar oyida metan narxi oshdi, propan narxi esa pasaydi

    04.02.2019, 15:47

    Ochilboy Ramatov Bosh vazir o‘rinbosari — transport vaziri etib tayinlandi

    04.02.2019, 15:19

    Toshkent viloyati hokimi: Deputat Kusherboyevni sarson qilgan amaldorlar jazolanadi

    04.02.2019, 14:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.