O‘zbekistonda yanvar oyi davomida avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari 0,7 foizga qimmatladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Benzin narxining barqaror saqlanib qolganligi barobarida metan narxi 9,4 foizga ko‘tarilib, propan narxi esa aksincha, 14,4 foizga arzonladi.
Metan narxlari mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan sezilarli darajada Sirdaryo viloyatida (oy davomida 1,2 marta), pastroq sur’atlarda esa Buxoro viloyatida (3,1 foiz) qimmatlaganligi qayd etilgan.
Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi narxlar o‘zgarishini inobatga olmaganda propan narxlarining arzonlashishi respublikaning barcha hududlarida kuzatilgan.
Izoh (0)