Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan yil boshidan beri xorijga chiqish biometrik pasportlarini olish uchun 24 940 ta ariza qabul qilingan, deb xabar berdi shahar IIBB matbuot xizmati.
Ulardan 9372 ta xorijga chiqish pasporti egalariga tarqatilgan. Shundan 570 tasi 3-fevral kuni tarqatilgan.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yakshanba kuni ham ishlamoqda.
Izoh (0)