Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chuvasho‘g‘lining ma’lum qilishicha, Suriya bo‘yicha Rossiya, Turkiya va Eron ishtirokidagi uch tomonlama sammit Sochida 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Turkiya, Rossiya va Eron Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kafolatchi mamlakatlar hisoblanadi.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, uch mamlakat yetakchilari Suriya konstitutsion komissiyasini tuzish masalasini muhokama qiladi.
Izoh (0)