Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Qrimni Ukrainaga qaytarishning iloji yo‘qligini aytdi. AQSH yetakchisi mamlakatning NATOga qo‘shilish ehtimolini ham inkor etgan. Bu haqda Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Trampning qayd etishicha, Kiyev Shimoliy Atlantika alyansiga a’zolik bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa xavfsizlik kafolatlarini oladi.

“Bu ikkala narsa ham mumkin emas. Xavfsizlikning qandaydir ko‘rinishi bo‘ladi. Biroq bu NATO bo‘lishi mumkin emas. Chunki bu hech qachon bo‘lmaydi”, degan AQSH prezidenti.
Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga muzokaralar chog‘ida moslashuvchanlik ko‘rsatishi kerakligini aytgan. Shu bilan birga, u hududlar bo‘yicha ham murosa topish zarurligini bildirgan.
Avvalroq, Yevropa davlatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishi va buning qanday amalga oshirilishi bo‘yicha ish olib borayotgani haqida xabar berilgandi. Ukraina mudofaa sanoatini kuchaytirish uchun Yevropa 90 milliard dollar ajratishi aytildi.
Izoh (0)