Fransiyaning Korsika orolida joylashgan Bastiya shaharchasida o‘tkinchilarga qarata o‘q uzgan 70 yoshli erkak o‘z uyidan o‘lik holda topilgan, deya xabar beradi “Liga Novosti”.
Fransiya IIV vaziri Kristof Kastaner maxsus operatsiyada ishtirok etgan huquq-tartibot organlari va qutqaruvchilarga minnatdorlik bildirgan va halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya izhor qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma sodir etgan erkak o‘z joniga qasd qilgan.
Erkak ruhiy xasta bo‘lganligi ehtimoli mavjud.
Kecha, 30-yanvar kuni Korsikadagi otishma oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana olti nafari jarohatlangan.
https://www.facebook.com/1615758470/videos/10216178878297430/
Izoh (0)