Ukrainaning Tojikistondagi muvaqqat vakili Viktor Semyonov Dushanbeda Tojikiston transport vaziri Xudoyor Xudoyorzoda bilan uchrashdi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.
Uchrashuvda Ukraina va Tojikiston o‘rtasida bir necha yillar avval qator sabablar tufayli to‘xtatilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni tiklash masalasi ko‘rib chiqildi.
Ukraina va Tojikiston hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi kelishuv 2008-yil martda imzolangan va 2013-yil fevraligacha amalda bo‘lgandi.
Izoh (0)