Beshta mamlakat Donbassda halok bo‘lgan Malayziya layneri uchun javobgar bo‘lganlarni jazoga tortish uchun moliyaviy yordam berishga qaror qildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Ularning barchasi qo‘shma tergov guruhi tarkibiga kirgan. Tegishli memorandum Gollandiya hukumati veb-saytida e’lon qilingan.
Davlat ayblovi, sud tizimi faoliyati va guvohlarni himoya qilish bo‘yicha barcha xarajatlarni Gollandiya ko‘taradi.
Jinoiy ish bo‘yicha boshqa xarajatlarni esa Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina hamkorlikda moliyalashtiradi.
Yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi va xarakteri “ikki tomonlama bitimlar” orqali belgilanadi.
Shu bilan birga, 2014-yilning iyulida Boeing’ning halokatga uchrashi oqibatida fuqarolari halok bo‘lgan boshqa davlatlar ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)