Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi xodimlari tumandagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalarida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligini o‘rganilganda “Jalol ota” MChJ elektr energiyasidan hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligini aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, jamiyat elektr tarmog‘idan ajratib qo‘yildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra jamiyat davlat manfaatlariga 10.155.326 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
“Jalol ota” MChJ mutasaddilari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 101-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi hamda yetkazilgan moddiy zarar hamda jarima undirildi.
Izoh (0)