“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Sharqiy harbiy okrugi Andijon viloyatidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoni hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Bo‘z, Izboskan va Paxtaobod tumanlaridagi o‘nga yaqin mahallalarda “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida davra suhbatlari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.
Unda o‘quvchi yoshlar, mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etdi. “Vatanparvarlik oyligi”ning mazmun-mohiyati, harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida o‘zaro suhbatlar olib borildi.
– Harbiy qismlar, mahalla hamda ta’lim muassasalarinin o‘zaro hamkorligi fuqarolarda vatanparvarligik ruhini yanada oshirishda yaxshi samara bermoqda. Yoshlarning harbiy sohaga doir fikrlaridan ularning ushbu sohaga qiziqishi yanada ortayotganini guvohi bo‘ldik, – deydi kapitan Ulug‘bek Yangiyev.
Shuningdek, tadbir davomida xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda qahramonlarcha halok bo‘lgan izboskanlik Mahmudjon Jalilov hamda Paxtaobod tumanida yashagan Doniyorbek Tojiboyevlarning xonadoni va ular tahsil olgan maktablarga ham tashrif buyurildi. Shu kuni yuzlab maktab o‘quvchilari harbiy qismga sayohatga taklif etildi.
Izoh (0)