Uz-Helamin (O‘zbekiston-Rossiya) MCHJ direktorining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining veb-saytiga yo‘llagan murojaati Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Navoiy viloyat iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Navoiy IESdan undiruvchi Uz-Helamin MChJ foydasiga jami 114 586 000 so‘m undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan 114 586 000 so‘m mablag‘lar Uz-Helamin MChJ foydasiga undirilishi ta’minlandi.
Ta’kidlanishicha, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xorijiy investorlar murojaatlari alohida e’tiborda.
Izoh (0)