Moskva metrosining “Yugo-Zapadnaya” bekatida 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi poyezd g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ldi, deb yozadi “Podrobno.uz” Moskva metropoliteni matbuot xizmatiga tayanib.
“16:45 atrofida “Yugo-Zapadnaya” metro bekatida baxtsiz hodisa yuz berdi, 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bekatga kirib kelayotgan elektr poyezd yo‘liga tushib ketdi. Ushbu vaziyatni ilg‘agan mashinist shoshilinch tormoz berdi, ammo poyezd inersiya tufayli harakatini davom ettirib, yo‘lovchini bosib ketdi”, — dedi Moskva metropoliteni matbuot kotibi.
Erkak olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam brigadasi uning o‘limini qayd etdi.
Ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)