Bugun, 27-noyabr kuni soat 12.25 da poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi “Fortuna” xususiy bolalar bog‘chasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda IIBBga tayanib UZ24 xabar berdi.
Voqea joyiga soat 12.41 da o‘t o‘chiruvchilar yetib borib, yong‘inni to‘liq bartaraf qilishgan.
“Hodisa oqibatida binolardan birining shifti (3 kvadrat metr) va devoriga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inga konditsioner ulangan elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)