AQShning Pittsburg shahridagi sinagogda 11 kishini o‘ldirganlikda ayblanayotgan Robert Bouers 1-noyabr kuni sudda o‘z aybiga iqror bo‘lmasligini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Sudyaning u o‘ziga qarshi ilgari surilgan ayblovlarni tushunish-tushunmasligi haqidagi savoliga Bouers tasdiq javobini berdi, ammo o‘zini aybdor deb tan olmadi.
Avvalroq 46 yoshli Bouersga nisbatan 44 ta band bo‘yicha ayblovlar ilgari surilgan edi. Prokuraturada unga o‘lim jazosi berilishiga erishish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishdi.
Pittsburgdagi sinagogga hujum mahalliy vaqt bilan 27-oktabr kuni tongda, ibodatxonaga tashrifchilar yig‘ilayotgan vaqtda yuz bergan. O‘qotar bino ichiga kirib, yahudiylarga qarshi qaratilgan gap-so‘zlarni aytgan va o‘q uzishni boshlagan. Voqea joyiga politsiya yetib kelganidan so‘ng, otishma boshlangan.
Otishma oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana olti kishi, xususan, to‘rt politsiyachi yaralangan. Hujum qilgan shaxs — 48 yoshli Rob Bouersning o‘zi keyinroq politsiyaga taslim bo‘lgan; u yarador holida kasalxonaga yotqizilgan. Amerika OAVlari Bouersning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga asoslanib yozishicha, u natsistlar va Adolf Gitler tarafdori.
Izoh (0)