“Boko Haram” ekstremistik guruhidan deb taxmin etilayotgan jangarilar Nigeriyaning Borno shtatidagi to‘rtta qishloqqa hujum uyushtirdi, oqibatda kamida 15 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti” mahalliy telekanalga tayanib.
Abba Malumti va Dalori qishloqlarida tegishli ravishda 8 va 2 kishi o‘ldirilgan. Kofa qishlog‘ida qishloq imomini va uning to‘rt nafar oila a’zosini tiriklayin yoqib yuborishgan.
Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, hujum vaqtida qishloqlardan qochib chiqqanlarning ko‘pchiligi daryoga cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin. Jangarilar o‘qotar qurollar bilan qurollangan bo‘lgan, ular kamida 200 kishi bo‘lgan.
Ayni paytda mahalliy politsiya halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni haqida rasmiy bayonot berganicha yo‘q.
Izoh (0)