Armaniston parlamenti maxsus yig‘ilishda bosh vazir vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanning hukumat rahbarligiga nomzodini ikkinchi marta rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qonunchilikka ko‘ra, Milliy majlis avtomatik tarzda tarqatib yuboriladi.
Pashinyanning nomzodi uchun birorta ham deputat ovoz bermagan, 13 nafar deputat betaraf bo‘lgan, hech kim qarshi ovoz bermagan.
O‘tgan haftada Armaniston parlamenti maxsus majlisda bosh vazir vazifasini bajaruvchining nomzodini birinchi marta rad etgan.
Izoh (0)