Kecha, 26-oktabr, juma kuni kechasi Meksikaning Mexiko shtatida mashina oshirilgan tezlikda ibodatchilar yig‘ilib turgan omma ustiga bostirib bordi. Natijada 32 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Voqea Chalko munitsipalitetida sodir bo‘lgan. Mahalliy cherkovga ibodat uchun otlangan shahslar ustiga mashina bostirib boradi. Hodisa sodir bo‘lgach, odamlar uni mashinadan olib chiqib, qattiq kaltaklashadi. Natijada u voqea joyida vafot etadi. Jarohat olganlar orasida 14 nafar yosh bola ham bor.
Yana shunday hodisa mamlakatning Tlalmanalko munitsipalitetida ham sodir bo‘ldi. Politsiya mashinasi odamlar ustiga haydalishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)