Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z mamlakatiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning 2019-yilda olib tashlanishini bashorat qildi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.
Xabar berilishicha, KXDR davlat korxonalari vakillari va mansabdorlari sentabr oyidan buyon Xitoy hukumati bilan faol ravishda maslahatlashuvlarni olib bormoqda va hamkorlikni faollashtirishga urinmoqda. Bu Kim Chen Inning taqiqlov choralari olib tashlanishi haqidagi bayonoti bilan bog‘lanmoqda.
Ta’kidlanishicha, Kim Chen In o‘z qo‘l ostidagilarga tez orada cheklovlar olib tashlanishini va bunga tayyor turishni aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kim bu ishda muvaffaqiyatga erishsa, afsuslanmaydi, mukofot va qahramon unvonini qo‘lga kiritadi.
Nashrning qayd etishicha, so‘nggi oylarda Xitoy hukumati Shimoliy Koreya bilan chegarada nazoratni sezilarli darajada bo‘shashtirgan. Xususan, KXDRga olib chiqib ketilayotgan yuklar qattiq tekshirilmayapti.
Izoh (0)