AQShda qo‘lbola bombalarning jo‘natilishiga aloqadorligi gumon qilinayotgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, erkak janubiy Floridada federal xavfsizlik idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Uning shaxsi va qayerda ushlab turilgani haqida hozircha ma’lum qilinmagan.
Avvalroq FQB Floridada 11-shubhali jo‘natmani aniqlagan.
Bunday bombalarni AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton, sobiq bosh prokuror Erik Xolder, milliarder Jorj Soros hamda Gollivud aktyori Robert de Niro olgan edi.
Izoh (0)