25-oktabr, payshanba kuni Iordaniyaning O‘lik dengiz hududida yog‘gan kuchli yomg‘irdan so‘ng kuchli suv oqimlariga duch kelgan avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 11 nafari jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Mamlakat fuqarolik mudofaasi manbalari xabariga ko‘ra, avtobusda ekskursiyaga otlangan 44 kishidan iborat guruh bo‘lgan. Ulardan 37 nafari maktab o‘quvchilari bo‘lgan. 7 nafar kishi esa ularga kuzatuvchi sifatida hamrohlik qilgan.
Ma’lumot uchun, kuchli yomg‘ir yog‘ishi 25-oktabr kuni Iordaniya bilan bir qatorda Suriya hamda Livan davlatlarini ham qamrab oldi.
Izoh (0)