Belgiyaning Shimoliy dengiz qirg‘og‘idagi De Kok kurort hududiga 18 metrli kit chiqib qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Politsiya kishilardan o‘lgan dengiz jonivoriga yaqinlashmaslikni so‘ramoqda.
Belgiya tabiiy fanlar institutining qayd etishicha, kit o‘zini 25-oktabrga o‘tar kechasi qirg‘oqqa otgan. Uning qanday qilib Belgiyaning hududiy suvlariga kelib qolgani patolo-anatomik tahlil yordamida aniqlanadi.
Izoh (0)