Belgiya hukumati qirollikning harbiy-havo kuchlarini qayta qurollantirish uchun AQShdan yadro qurolini tashiy oladigan beshinchi avlod F-35 Lightning II qiruvchi samolyotlarini sotib olishga qaror qildi. Bu haqda Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel parlament a’zolariga ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Amerikaning F-35 Lightning II qiruvchilarini ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin konserni va Buyuk Britaniyaning Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqaruvchi BAE Systems kompaniyasi 2018-yilning fevral oyida Belgiya harbiy-havo kuchlarini 34 ta yangi avlod qiruvchisi bilan qurollash bo‘yicha tenderda yagona ishtirokchilar bo‘lgan.
Gap Belgiya harbiy-havo kuchlarida 1980-yillardan buyon turgan 54 ta F-16 qiruvchisini almashtirish haqida ketmoqda.
Izoh (0)