Gollivud aktyori Robert de Niroga shubhali buyum solingan jo‘natma yuborildi. Mazkur buyum qo‘lbola bomba bo‘lgan. Bu haqda CNN’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Avvalroq bunday bombalarni AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton, sobiq bosh prokuror Erik Xolder va milliarder Jorj Soros olgan edi.
AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, bombalarning jo‘natilishi uning raqobatchilari tomonidan qilinayotgan ig‘vodan boshqa narsa emas.
Izoh (0)