Tinch okeanidagi “Uilla” to‘foni eng yuqori beshinchi darajaga yaqinlashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Uilla” tropik shtormi 21-oktabr kuni to‘fon darajasigacha kuchaydi.
Meteorologlar ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon Meksika g‘arbidan 255 kilometr masofada joylashgan va shimol tomonga soatiga 11 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Shamolning maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni yoki soniyasiga 69 metrni tashkil qilmoqda.
Shamol tezligi soniyasiga 70 kilometrga teng bo‘lsa yoki undan oshsa, to‘fonning darajasi beshinchi kategoriyaga to‘g‘ri keladi.
Meksikaning ba’zi g‘arbiy, markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida hayot uchun xavfli yog‘ingarchilik, shamol va yomg‘irlar kutilmoqda.
Izoh (0)