Qozog‘istonlik Adina Manatbekova “Rossiya 1” telekanalining “Ajabtovur odamlar” ko‘rsatuvida ishtirok etdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar bermoqda.
Qizcha hakamlar hay’atini o‘zining tez o‘qishi bilan hayratlantirdi. U 35 soniya ichida 18 varaq matn o‘qidi.
Adina nafaqat tez o‘qiydi, balki o‘qigan narsasini tushunadi ham. U 2016-yilda bir daqiqada 94 mingta so‘z o‘qib, uning mazmunini 90 foizga tushunishi bilan rekord o‘rnatgan.
Izoh (0)