Afg‘onistonda AQSh armiyasi brigada generali Jeffri Smayli “Tolibon” guruhi jangarilarining Qandahor viloyati gubernatori ofisiga hujumi davomida yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“General Qandahordagi hujum davomida o‘qotar quroldan jarohatlanishdan so‘ng davolanmoqda”, — tasdiqladi NATOning Afg‘onistondagi missiyasi vakili Grant Nil.
Ma’lumot uchun, Smayli Afg‘oniston janubida NATO harbiy maslahat missiyasiga boshchilik qiladi.
Izoh (0)