Argentinada III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetib bormoqda.
Boks musobaqalarida O‘zbekiston sharafini -69 kg vazn toifasida himoya qilgan Jahongir Rahmonov bronza medaliga ega chiqdi. U bronza uchun kechgan jangda ozarbayjonlik Nijat Hasanovni mag‘lub etdi.
Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 11 tani tashkil etmoqda. Shularadan 3 tasi oltin, 4 tasi kumush, 4 tasi bronza medallaridir. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchiar mikst bahslarida 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga ega. Ammo bu medallar O‘zbekistonning medallar jadvaliga ahvoliga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Izoh (0)