“Roma” hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoasi hujumchisi Edin Jeko Yevropaning eng ko‘p gol urgan Top-10 futbolchilari ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Jeko Millatlar Ligasi musobaqasining Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘tgan bahsida dublga erishdi. Shu tariqa uning terma jamoasida urgan golllari soni 55 taga yetdi. Edinga bunday natijaga erishishi uchun 97 ta uchrashuv kerak bo‘ldi. Ayni damda Jeko 10-o‘rinni Robert Levandovski (Polsha) va Yan Koller (Chexiya) bilan bo‘lishib turibdi. Ularning hisobida ham 55 tadan gol bor.
8-o‘rindagi Imre Shlosser (Vengriya) va David Vilya (Ispaniya) 59 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ro‘yxatni 85 ta gol bilan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi.
Izoh (0)