“Chelsi” hamda Italiya terma jamoasi sobiq ustozi “Real”ga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, madridliklar italiyalik murabbiy bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatishga ulgurdi. Birinchi muzokaralar esa 15-oktabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Antonio Konte ayni damda muddatidan avval “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgani uchun London klubi bilan sudlashmoqda. Agar italiyalik mutaxassis sudda yutib chiqsa, unga 10 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.
Ma’lumot uchun, “Real” Xulen Lopetegi qo‘l ostida 4 ta o‘yindan beri gol ura olmayapti. Jamoa 1 ta o‘yinda durang qayd etgan bo‘lsa, 3 tasida mag‘lubiyatga uchradi.
Izoh (0)