Habib Nurmagomedov UFC’da qoladigan bo‘ldi. Bu haqda tashkilot prezidenti Deyna Uayt ma’lum qildi.
“Habib biroz xafa bo‘ldi va g‘azablandi, biroq u qoladi. Biz hammasini to‘g‘irladik, ishlashda davom etamiz”,—deydi Deyna Uayt. UFC rahbariga ko‘ra, Nurmagomedov bilan aloqalarni saqlab qolgan. U sportchi “Habib yaxshi yigit” deb ta’rif ham berib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Habib Konorni yutgan jangdan so‘ng, oktagonda janjal yuzaga kelgandi. O‘shanda Habib jamoasi a’zosi, UFC’da jang qiluvchi Zubayra Txugov oktagonga chiqib janjalni davom ettirgandi.
Shundan so‘ng Deyna Uayt mazkur janjalga daxldorlarning barchasi UFC janglarida qatnasha olmasligini ma’lum qildi. Habib keyin Zubayraning yonini olib, UFC bilan shartnomasini bekor qilishga tayyorligini aytgandi.
Izoh (0)