Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Iroda Turdaliyeva ikki yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Turon24 AA xabar berdi.
Unga ko‘ra, Turdaliyeva OFK antidoping qoidalarining 6-bandini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 24 oy davomida futbolga (futzalga) aloqador barcha turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan. Diskvalifikatsiya 2018-yilning 4-iyulidan boshlab hisoblanadi va 2020-yilning 3-iyuliga qadar amal qiladi.
Turdaliyeva Tailandda bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati vaqtida doping tekshiruvidan o‘tgan va uning tahlil natijalari ijobiy natija bergan. Irodaxonning aynan qanday taqiqlangan modda iste’mol qilgani noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)