Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 5-oktabr kuni asli namanganlik J.D. TTZ-4 dahasida yashovchi M.S.ga birga avtomashina oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishni taklif qilib, undan 45 300 dollar pul olgan.
Biroq, xabar berishlaricha, J.D. bergan va’dasini bajarmay, aldov yo‘li bilan olgan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.D. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Izoh (0)