Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro X.F. Qirg‘izistondan o‘tgan tranzit yo‘li bilan chegaradosh Farg‘ona tumanidagi aylanma yo‘llar orqali Xitoyda ishlab chiqarilgan televizorlarni olib o‘tayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 25 dona televizor jami 27,5 million so‘m baholandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)