Indoneziyada zilzila va sunami qurbonlari soni 832 kishiga yetdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Oldinroq ularning soni 420 kishiga yetgani bildirilgandi.
Qutqaruvchilar qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini taxmin qilmoqda: favqulodda xizmatlar ofatdan jabrlangan chekka hududlarga yetib borgani yo‘q.
28-sentabr, juma kuni Indoneziyaning Sulavesi oroli qirg‘oqlarida 6,4 va 7,4 magnitudali ikki yer osti silkinishi ro‘y berdi. Ular Palu shahriga yopirildi va to‘lqinlarining balandligi 6 metrgacha yetgan sunamini keltirib chiqardi.
Izoh (0)