Iordaniya hukumati Suriya bilan chegaradagi “Nasib” nazorat-o‘tkazish punkti podshohlik tarafdan yopiqligicha qolayotganini ma’lum qildi. “Kommersant”ning qayd etishicha, avvalroq Suriya hukumati “Nasib” nazorat-o‘tkazish punkti 29-sentabrdan boshlab Iordaniyadan kelayotgan yuk mashinalarini o‘tkazish uchun ochiqligini e’lon qilgandi.
“Nasib” nazorat-o‘tkazish punkti 2012-yili jangarilar tomonidan egallab olingan edi. Bu holat Suriya va Iordaniya o‘rtasidagi transport qatnovining izdan chiqishiga sabab bo‘lgandi.
Suriya rasmiylari 2018-yil iyulida nazorat-o‘tkazish punkti bilan yonma-yon joylashgan Der‘a viloyatida hukumat nazorati o‘rnatilishi borasida qurolli muxolifat bilan kelishuvga erishdi.
Xuddi shu iyul oyining o‘zida nazorat-o‘tkazish punkti ham Suriya hukumat kuchlari nazoratiga o‘tgan edi.
Izoh (0)