Alkogol ichimliklarni ichish qonun bilan taqiqlangan Eronda 24 kishi alkogol ichimliklardan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, alkogol ichimlikdan zaaharlanish holatlari Eronning Kuhgiluya va Buyir-Ahmad, Shimoliy Xuroson, Hurmuzgon va Albors viloyatlarida qayd etilgan.
“290 kishi zaharlangan, 24 kishi halok bo‘lgan, yana uch kishining miyasi o‘lgan”, — dedi Eron tez tibbiy yordam xizmati rahbari Pir Husayn Qulivand.
Uning qayd etishicha, 217 kishi kasalxonaga yotqizilgan bo‘lib, 15 kishi intensiv terapiya bo‘limida davolanmoqda. Qolganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, uylariga ruxsat berilgan.
Izoh (0)